25 apr 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Czyu Avstraliyada kamarini himoya qildi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyuning kenja farzandi Nikita Czyu o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Sidney shahrida bo'lib o'tgan prof boks oqshomida 26 yoshli Nikita o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli Avstraliya chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. Czyu 34 yoshli vatandoshi Danilo Kreatiga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raund to'liq davom etgan jangda kichik Czyu raqibini ochkolar hisobiga ko'ra 100-88, 99-90, 100-89 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi raundda Kreati nokdaun holatiga ham tushib qolgan.
Jangdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida promouter Jorj Rouz avstraliyalik bokschilar Koen Mazude (12-3-1, 5 KO) va Brok Jarvis (21-1, 19 KO)ni Nikita Czyuning keyingi ehtimoliy raqiblari sifatida elon qildi.
Havola :
Fikrlar