29 okt 16:01
Yangiliklar

Daler Bozorov: "Eng yaxshi bo'lishimni kutmagandim"
"Finalda xorazmlik raqibim Anvar Boltaboevga qarshi jang qilib g'alaba qozondim. O'zbekiston chempionatida 4-marotaba g'olib bo'lishim. CHempionatda eng yaxshi bokschi bo'lishimni kutmagandim. Albatta mana shu darajaga etishimda o'zining katta xizmatlarini qo'shgan murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman. Musobaqa judayam ajoyib o'tkazildi. Buning uchun O'zbekiston boks federaciyasiga, federaciya raisining birinchi o'rinbosari Saken Po'latovga, o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Bekzod Hidirovga rahmat. O'zbek bokschilaridan SHahram G'iyosovga havas qilaman. Kelajakda men ham O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida yuqori ko'tarishni maqsad qilganman",-dedi Daler Bozorov.
Sarvinoz Rahmonqulova, Xurshida Abdikulova
Fikrlar