14 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
"Dana nega men haqimda yomon gapirayotganini bilmayman, u bilan muammom yo'q" - Carukyan
UFC jangchisi Arman Carukyan Dana Uayt bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi va navbatdagi jang sanasini allaqachon bilishini aytdi.
"Dana nega men haqimda yomon gapirayotganini bilmayman, ammo u bilan hech qanday muammom yo'q, hatto qandaydir yopiq masalalar bo'yicha ham. Unga javob berishning manosi yo'q, chunki men Dananing o'zi bilan muzokara qilmayman. Men Xanter bilan gaplashaman, chunki u matchmeyking uchun javob beradi. Dana esa ehtimol janglar bilan bog'liq qarorlarni faqat tasdiqlaydi. Aslida matchmeykerlar — SHon SHelbi va Xanter Kempbell. SHuning uchun mening Danaga aytadigan gapim yo'q. Janglar bo'yicha kelishishim kerak bo'lgan odam — Xanter. Bugun ertalab u bilan gaplashdik va u menga UFC’dagi navbatdagi jang sanasini aytdi", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar