18 mar 13:35
Yangiliklar
Dana Uayt Aleksandr Usik bilan shartnoma imzolamoqchi
"Jahon chempioni yoki dunyoning eng yaxshisi bo'lish imkoniyatiga ega bo'lganlarning bari bilan shartnoma imzolashni maqsad qilganman. Men Aleksandr Usikni dunyodagi eng yaxshilardan biri deb bilamanmi? Ha, shubhasiz!
Biz bu biznesni boshlaganimizda hazilga o'xshardi. Bazi promouterlar o'zlarini juda yomon ko'rsatishdi. Biz chindan ham bu yil UFC’dagi kabi boksda ham 44 ta shou o'tkazishimiz kerak", - dedi Uayt matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Aleksandr Usik professional ringda biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Uning navbatdagi raqibi niderlandiyalik afsonaviy kikbokschi Riko Verxoven bo'ladi. Jang Misrda bo'lib o'tadi.
Zuffa Boxing - Dana Uayt tomonidan tashkil etilgan yangi promouterlik kompaniyasi hisoblanadi.

Fikrlar