09 mar 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Arman Carukyandan noroziligini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Arman Carukyandan norozi ekanini tan oldi.
Liga rahbari shuningdek jangchining Jorjio Pullas bilan jangdan keyin janjal chiqargani UFC’ning boshqa turnirlarda jangchilar uchrashuviga munosabatiga tasir qilmasligini aytdi.
"Hozir men Armandan unchalik xursand emasman. Bunga bir qancha sabablar bor. Gap faqat omma oldida ko'rib turganingizdagina emas.
Ko'plab jangchilar borki, kurash bilan shug'ullanishadi va shu bilan birga raqiblariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishadi. Ular o'rtasida ikki tomonlama tortishuv bo'lganini tushunaman. Lekin tutun bo'lgan joyda albatta olov ham bo'ladi. So'nggi paytlarda Arman atrofida tutun ancha ko'p bo'ldi", — dedi Uayt Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar