So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

10 mar 16:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt: "Boksda eng qoloq omadsiz va ablahlar ishlaydi"

UFC va Zuffa Boxing rahbari Dana Uayt Zuffa 4 turniridan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida keskin munosabat bildirdi.

U Xalqaro boks federaciyasi (IBF) Jey Opetayyani Zuffa kamariga jangda qatnashgani uchun chempionlik kamaridan mahrum qilganiga etiroz bildirdi. IBF qoidalariga ko'ra esa ularning chempionlari faqat WBA, WBC va WBO kamarlari uchun janglarda qatnashishi mumkin.

"Boksda muammolar ko'pligi bejiz emas, - dedi Uayt. - Bunaqa qoloq va noprofessional narsani hech qachon ko'rmaganman... Ular buni aniq rejalashtirishgan - 110 foizga ishonchim komil... [IBF] kamari har doim barcha matbuot anjumanlarida ko'rinardi, chunki bu uning kamari. SHu bilan birga, ular Zuffa`ning kamari uchun ham jang qilishdi... Nimani noto'g'ri qildik? Biz ularga hurmat bilan munosabatda bo'ldik va men ular haqida biror marta yomon so'z aytmadim".

Uaytning so'zlariga ko'ra, IBF vakili jang o'tishi kerak bo'lgan Las-Vegasga kelgan, u erda Opetayyadan chempionlik unvonini himoya qilish uchun to'lovni (taxminan 80 ming dollar) olgan, so'ngra darhol samolyotga o'tirib, uchib ketgan. Vaholanki, u vazn o'lchash jarayonini nazorat qilish va jangni kuzatish uchun qolishi kerak edi.

"Bu odamlarning barchasi men duch kelgan eng qoloq omadsiz va ablahlardir, - dedi Zuffa Boxing rahbari. - Keldim, chekni oldim, samolyotga sakrab chiqdim-da, uyga qochdim. Mana, biz ishlashimiz kerak bo'lgan "professionallar" darajasi... Ular haqiqatan ham juda yomon va men bu darajaning qanchalik pastligidan hayratda qoldim".

Eslatib o'tamiz, Jey Opetayya kecha ertalab Brendon Glentonni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, tarixda birinchi bo'lib Zuffa chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.

Opetayya so'nggi daqiqagacha IBF ushbu jangni ixtiyoriy unvon himoyasi sifatida maqullashini kutdi va tashkilotning barcha tartib-qoidalariga, shu jumladan jang kuni qayta vazn o'lchashga to'liq rioya qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing