14 jan 19:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt boshchiligida tashkil etilgan boks Ligasining ilk turniri elon qilindi
Musobaqada ukrainalik taniqli charm qo'lqop ustasi Sergey Bogachuk hamyurtimiz SHahram G'iyosovning jamoadoshi Rajab Butaev bilan jang qilishi mumkin.
UFC prezidenti Dana Uayt rahbarligidagi Zuffa Boxing tashkiloti o'zining ilk professional turnirini 23 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi UFC Apex majmuasida o'tkazadi.
Musobaqaning markaziy bahsi irlandiyalik Kallum Uolsh g'amda Meksika vakili Karlos Okampo o'rtasida kechadi.
Bellashuv super yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, 24 yashar Uolsh hozirga qadar 15 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 30 yoshli tajribali Okampo hisobida esa 38 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Zuffa Boxing 1 oqshomida ukrainalik Sergey Bogachuk Rossiya vakili Rajab Butaev bilan to'qnash keladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar