25 jan 18:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Carukyan Oq uydagi turnirda jang qilishi ehtimoli haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Arman Carukyan UFC White House turniri doirasida jang qilishi mumkinligini inkor etmadi.
"Men Carukyan bilan faqat salomlashdim. U Oq uyda jang qiladimi? Hozircha bilmayman. Balki", — dedi Uayt.
Oq uy hududidagi turnir iyun oyida o'tkazilishi kutilmoqda.
Carukyan so'nggi jangini noyabr oyida o'tkazgan edi — u o'sha jangning ikkinchi raundida Den Xukerni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar