So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

13 dek 11:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt: "Carukyanni haydab yuborishim mumkin edi"

Jahonning eng kuchli Ligasi rahbari Dana Uayt engil vazn reytingi peshqadami Arman Carukyan bilan ziddiyat mavzusiga oydinlik kiritdi.

UFC rahbarining aytishicha, u Arman bilan ziddiyatga bormagan. Carukyanning o'zi nima uchun Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik uchun jangni ololmaganini juda yaxshi biladi.

"U hali ham shu erda, chunki, bilasizmi, men nima qilmadim? Men uni haydamadim, u bilan xayrlashmadim, garchi qo'limdan kelsa ham. SHunday ekan, biz uni yomon ko'rmaymiz va men u bilan hech qanday ziddiyatga bormaganman. Arman erkak, u vaziyat qandayligi, sahna ortida nima bo'lganini o'zi biladi. U buni biladi - biz hammamiz buni bilamiz. Men hech qachon bu haqda omma oldida gapirmayman, chunki siz, jurnalistlar, keksa kampirlar kabi - muhokama qilish va bosish mumkin bo'lgan hamma narsadan foydalanasiz. Bu biznesda ko'p narsalar sodir bo'ladi, lekin biz buni o'zaro saqlaymiz. Vaziyat shunday va Arman buni juda yaxshi biladi", - dedi tashkilot rahbari The MacLife’ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyida Arman Carukyan vazn tashlash ortidan bel jarohati tufayli Islam Maxachev bilan chempionlik jangiga chiqa olmagandi. Keyin so'nggi lahzada UFC taklifini "haqorat" deb atab, Mateush Gamrot bilan revansh jangidan bosh tortgan edi.

SHunga qaramay, rossiyalik jangchi Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangini sug'urta qildi va noyabr oyida oktagonga qaytib, ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U Den Xukerni qo'l uchburchagi bilan bo'g'ib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing