08 may 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt CHimaev va Striklend mojarosini Xabib - Konor qarama-qarshiligiga qiyosladi
UFC rahbari Dana Uayt tashkilot tarixidagi eng keskin qarama-qarshiliklar haqida gapirdi.
"Agar UFC tarixida raqiblar o'rtasida haqiqiy nafrat bo'lgan top-5 jangni aytsak, men bu jangni ikkinchi o'ringa qo'yardim — Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedovdan keyin.
Konor — Xabib jangi yuqori turishining yagona sababi — o'sha jang oldidan Bruklinda bo'lgan voqealar, butun promoushen va atrofidagi shov-shuvdir. Ammo bu jang ham juda kuchli bo'lishi kerak. Bir-birini yoqtirmaydigan dunyodagi ikki eng yaxshi jangchi — bu ajoyib oqshomni vada qiladi", — dedi Uayt WFAN Sports Radio efirida.
Havola :
Manba : WFAN Sports Radio
Fikrlar