15 apr 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Getji va Xollouey jangi haqida: "Men sotaman..."
UFC rahbari Dana Uayt kechagi UFC 300 turniri doirasida bo'lib o'tgan Jastin Getji va Maks Xollouey jangiga munosabat bildirdi.
"Sizlar ham sezdingizmi, bu jangdan keyin barchaning quvvati tugab qoldi. Keyingi 2 ta jangda odamlar shunchaki yarim o'lik xolda o'tirishdi. Buni adrenalin deyishadi. Odamlar mendan nima ish qilasan, deb so'rashadi, men shunday onlarni sotaman", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, mazkur jangda Xollouey beshinchi raundda, aniqrog'i bahs yakunlanishiga 2 soniya qolgan bir paytda nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar