10 iyu 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt hamon Krouford - Kanelo jangi promouteri ekanini davo qildi
UFC prezidenti Dana Uayt prof boks bo'yicha jahon chempionlari - Terens Krouford va Saul Alvares o'rtasidagi jang ustida ishlayotganini aytdi.
"Boksda juda ko'p narsa bor, lekin hech kim hech narsa demaydi. SHartnoma imzolaganimizdan keyin hech kim menga qo'ng'iroq qilmasin, chunki bu haqda 90 000 kishi gapirib yurgan bo'ladi. Yigitlarning o'zi esa jim. Men bu jangning promouteriman. Jang rejalashtirilganidek Las-Vegasda bo'ladimi? Aytish vaqti kelganida bu haqda xabardor qilaman", deydi Uayt.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi rahbari Turki al ash-SHeyx jangni Sela kompaniyasi tashkil qilishini aytgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar