22 mar 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Islam Maxachevning keyingi raqibi haqida gapirdi
UFC rahbari Dana Uayt Islam Maxachevning keyingi raqibi masalasiga to'xtaldi.
"Ian Garri uning navbatdagi raqibi bo'ladimi? Islam qo'l jarohatidan tiklanmoqda. U tayyor bo'lishi bilan, keyingi qadamni hal qilamiz", — dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Islam Maxachev UFC’da 16 ta g'alabali seriyaga ega. U umumiy hisobda 28 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Yarim o'rta vazn toifasi chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar