14 mar 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Jon Jons Stipega qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlab yuborsa ham shokka tushmayman"
UFC Prezidenti Dana Uaytning aytishiga ko'ra, og'ir vazn bo'yicha chempion Jon Jons Stipe Miochich bilan jangidan keyin faoliyatini yakunlashi mumkin.
"Jons Stipe bilan jangini o'tkazib olib, faoliyatini yakunlasa, xayratlanmayman. Jons va Ngannu o'rtasidagi jang qanday kechishi mumkin bo'lardi? Agarda jang yana o'tkazilsa, yana o'shanday (Jonsning Ganga qarshi jangi) scenariyda o'tishi mumkin bo'lardi degan fikrimga ko'plab insonlar qo'shilsa kerak", - dedi Uayt.
Oldinroq aytilganidek, Jons va Miochich o'rtasidagi jang 8 iyul kuni UFC 290 turniri doirasida tashkillashtirilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar