16 jan 17:52
Yangiliklar
Dana Uayt Jons va Pereyra o'rtasidagi jangni tashkil etish shartini aytdi
Ammo bu qarama-qarshilik yarimog'ir vazn toifasida bo'lib o'tishi va braziliyalik chempionlik kamarini o'zida saqlab qolishi sharti bilangina amalga oshadi.
"Bu jangni yarimog'ir vaznda o'tkazishdan mano bor, lekin men Jon Jonsga ishonishim mumkinmi? Men Jonsning biror ahmoqlik qilib, Oq uydagi jangni tark etishiga yo'l qo'ya olmayman", - dedi Liga rahbari Complex’ga bergan intervyusida.
O'tgan yilning yozida og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarini bo'shatgan Jon Jonsning yarimog'ir vaznga qaytishi dargumon va hozircha barcha signallar Aleks Pereyra o'zining navbatdagi jangini og'ir vaznda o'tkazishi va katta ehtimol bilan vaqtinchalik chempionlik kamariga davogarlik qilishini ko'rsatmoqda. Bu haqda tashkilotga yaqin manbalar xabar bermoqda. Voqealar rivojining bunday variantida braziliyalikning navbatdagi raqibi reytingda birinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Siril Gan bo'ladi.

Fikrlar