So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

26 fev 15:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt kechagi ommaviy mushtlashuvga munosabat bildirdi

Teglar :  Dana UaytUFC
Kecha Meksika poytaxti Mexiko shahrida UFC Fight Night 237 turniri o'tkazilgan edi.

Ushbu oqshom o'tkazilayotgan bir pallada muxlislar o'tirgan tribunada ommaviy mushtlashuv ro'y bergandi. UFC rahbari ushbu holatga o'z munosabatini bildirdi va barcha aybni o'zidan soqit qildi. Dananing so'zlariga qaraganda, zaldagi xavfsizlikka tashkilot emas, turnirni qabul qilayotgan mezbon davlat javobgar bo'ladi.  

"Muxlislarning o'zaro mushtlashuvi UFC turnirlariga soya soladimi, yani obro'sizlantiradimi? Bizda shu paytgacha bunday ommaviy janjal kuzatilmagandi. Ilk bor aynan Mexikoda holat yuz berdi. Eng aqlga sig'maydigan holat shundaki, bu mushtlashuv to'xtovsiz davom etaverardi. Men voqea bo'layotgan tomonga qarab yugurdim. Hech kim urishni to'xtatishga harakat ham qilmasdi. Xavfsiz xodimlari vaziyatga aralashishini kutib turdim. Lekin ular aksincha, mushtlashuvni tomosha qilib turishardi. Takror aytaman, bu men ko'rgan eng aqlga sig'maydigan holat edi. Umrimda bunaqasini ko'rmaganman. Lekin bu narsa UFC turnirlari nufuziga salbiy tasir o'tkazmaydi. Bu holat bo'lib o'tdi va tugadi. Men aybni mezbonlar tomonidan biriktirilgan xavfsizlik xodimlariga qo'yaman", - dedi Dana Uayt.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing