12 dek 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt kelasi yil qaysi jangni tashkil etish istagida ekanligini malum qildi
UFC rahbari Dana Uayt tashkilot yulduzlari Jon Jons va Israel Adesanya o'rtasidagi jangni kelasi yil tashkil etishga urinib ko'radi.
“Kelasi yil qaysi jangni ko'rish istagidaman? Muxlis sifatida aytishim mumkin - Israel Adesanya va Jon Jons o'rtasidagi bahsni tomosha qilgan bo'lardim. Bu bo'ladimi yo'qmi bilmayman. CHunki Jons og'ir vaznga o'tib ketdi, Israel esa yarimog'irda. Ko'ramiz kelasi yil qanday bo'lar ekan”, - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Israel Adesanya va Jon Jons bir necha yillardan beri o'zaro jang qilish istagida ekanligini takidlab kelishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar