08 mar 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Kolbining navbatdagi raqibi Pore bo'lishiga ishonchim komil emas"
UFC prezidenti Dana Uayt Kolbi Kovingtonning UFC 272 turnirida Xorxe Masvidalni mag'ubiyatga uchratgani yuzasidan fikr bildirdi.
"Kimdir Kolbining ahmoq ekaniga shubhasi bormi? U ahmoq, lekin uni hurmat qilaman. Siz uni qanchalik yomon ko'rishingiz muhim emas, siz uni hurmat qilishingiz kerak.
Uning keyingi raqibi Dastin Pore bo'ladimi? Ishonchim komil emas. Kolbi juda g'alati vaziyatda, u Usmanga ikki marta mag'lub bo'ldi, qolgan janglarni esa muammosiz o'tkazdi.
Bilmayman, Kolbi bilan gaplashishimiz kerak, uning kelajagini hal qilishimiz kerak. Xo'sh, u Pore bilan jang qiladi, keyin nima? Engil vaznga o'tadimi? Agar g'alaba qozonishda davom etsa, ertami-kechmi u yarimo'rta vazn chempionligi uchun jang qiladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar