22 jan 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Londonda o'tkaziladigan jang haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt britaniyalik Peddi Pimblett hamda amerikalik Jared Gordon shu yilning mart oyida Londonda bo'lib o'tadigan UFC turnirida jang qilishini aytdi.
Jared Gordonning menejeri o'zining Tvitter sahifasida muzokaralar davom etayotgani va hali yakuniy kelishuvga erishilmagani haqida xabar berdi.
Pimblett UFC’dagi debyutini 2021 yil sentyabrda braziliyalik Luiji Vendraminiga qarshi o'tkazgan va birinchi raundning o'zida raqibini nokautga uchratgan edi.
Pimblett promoushen bilan shartnoma imzolashdan oldin, gruziyalik UFC jangchilari Guram Kutateladze va Iliya Topuriyalar bilan nizoga hamda Xabib Nurmagomedovni tanqid qilishga ham ulgurgandi.
Eslatib o'tamiz, uning raqibi Jared Gordon UFC`da 9 ta jang o'tkazib, 6 tasida g'alaba qozongan. Amerikalikning so'nggi uchta jangda ketma-ket g'alabaga erishgani etiborga molik holat.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar