27 mar 11:11
Yangiliklar
Dana Uayt Maxachev jangini kechiktirdi: himoyaning yangi muddati malum
"Iyul noto'g'ri malumot, Islamning jangi avgust oyida bo'ladi", - deb yozdi tashkilot rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bir kun avval rossiyalik jangchining iyul oyida oktagonga qaytishini uning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qilgandi. Ayni paytda avgust oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC’ning raqamli turniri rasman elon qilinmagan - sanasi ham, lokaciyasi ham yo'q.
Abdel-Azizning so'zlariga ko'ra, Maxachevning raqibi top yarim o'rta vazn toifasidagi jangchilardan biri bo'ladi. CHempionlik jangi uchun potencial nomzodlar orasida mos ravishda divizion reytingida ettinchi, uchinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turgan nigeriyalik Kamaru Usman, ekvadorlik Maykl Morrales hamda irlandiyalik Ian Machado Garri bor.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Maxachev o'tgan yilning noyabr oyida yarim o'rta vazn toifasida avstraliyalik Jek Della Maddalenani besh raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, UFC chempioni bo'lgandi.

Fikrlar