22 jan 20:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Neyt Diazning gaplariga javob qaytardi
UFC rahbari Dana Uayt tashkilot yulduzlaridan biri hisoblangan Neyt Diazning jang qilish istagiga javob qaytardi.
"Diazga yaxshi jang tashkil etishga doim harakat qilamiz. Biz har dam olish kunlari turnir o'tkazamiz. U o'ziga kerakli bo'lgan jangni oladi, biroq ozgina kutishi kerak.
Aytganimdek, biz har yakshanbada jang tashkil qilamiz va 2 mayga qadar taqvim rejamiz to'lib bo'lgan. Har bir jangchi bir yil davomida uchta jangda ishtirok etadi va bu Neytga ham taalluqli", - deya javob bergan Dana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Neyt Diaz va Dastin Pore jang talab qilishgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar