01 mar 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Oq uyda o'tadigan UFC turniri kardi qachon elon qilinishini aytdi
UFC rahbari Dana Uayt 14 iyun kuni AQSH prezidenti qarorgohida o'tadigan tarixiy turnir tafsilotlarini shu haftayoq malum qilishini tasdiqladi.
Avvalroq AQSH prezidenti qarorgohi hududida turnir o'tkazish rejalari haqida xabar berilgan edi. Insayderlar malumotiga ko'ra, tashkilot ushbu tadbirga 60 million dollardan ortiq mablag' sarflashi mumkin. Biroq bu promoushenni to'xtatmayapti.
"Sizlar uchun ko'proq malumot bo'ladi. Aslida shu hafta Oq uydagi jangni anons qilishim kerak. Ha, shu hafta bu haqda elon qilaman", — dedi Uayt ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar