So’nggi yangiliklar

18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0

12 sen 08:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt Oq uydagi Donald Tramp bilan uchrashuvi haqida gapirdi

UFC bosh direktori Dana Uayt Oq uyda AQSH Prezidenti bilan bo'lib o'tgan uchrashuv tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuvda u Donald Tramp tomonidan kelasi yili AQSH Mustaqillik kuniga bag'ishlab Oq uyda tashkil etiladigan keng ko'lamdagi promoushen tadbiri hamda turniri muhokama qilingan.

"O'tgan hafta biz Oq uyda bo'ldik. Men va mening jamoam. Biz Donald Trampga rejalarimizni taqdimot qilib berdik va uning bu boradagi roziligini oldik - nima yoqadi-yu, nima yo'q. Umuman olganda, unga takliflarimiz yoqdi. SHu bois endi jarayonga boshimiz bilan sho'ng'iymiz. Barcha yo'nalishdagi ishlar boshlanadi.

O'tgan safar Oq uyda bo'lganimda uning tomiga chiqqandim. U erning hamma joyida katta kalibrli miltiqlar bilan snayperlar bor. Telbalik. Xavfsizlik masalasi juda dolzarb bo'ladi. Birinchi navbatda Maxfiy xizmat Prezidentni himoya qiladi", - dedi Uayt YouTube’dagi The Herd with Colin Cowherd kanalidagi intervyusida.

Dananing so'zlariga ko'ra, tadbir 5000 nafardan kam tomoshabinga mo'ljallangan bo'ladi. SHuning barobarida tashkilotchilar Oq uy yaqinidagi bog' hududidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

"Bu bog'ning nomi esimda yo'q, lekin u erda 85 ming kishini joylashtirish mumkin. Biz katta sahna o'rnatamiz - o'sha haftada butun Vashingtonni nazorat ostiga olamiz", - dedi UFC rahbari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing