18 dek 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Pandemiya vaqtida turnir tashkil etmaganimda, hozir jangchilarga qiyin bo'lardi
UFC rahbari Dana Uayt pandemiya vaqtida turnir tashkil etmaganda, jangchilar qancha zarar ko'rishi haqida gapirdi.
«Agar men karantin vaqtida boshqa tashkilot rahbarlari singari o'tirganimda, hozirga kelib tashkilotning yarmidan ko'proq jangchilari va ishchilari bilan xayrlashgan bo'lardim. SHuningdek, ko'plab top sportchilarning gonorarlarini ham tushirishga majbur bo'lardik. Hech nima qilmasdan o'tirganimda, jangchilar taxminan 200 million dollar zarar ko'rgan bo'lardi»,-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, UFC 14 mart sanasidan so'ng ketma-ket to'rtta turnirni bekor qildi. Biroq 9 maydan boshlab tashkilot yana turnirlar tashkil etishni boshladi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar