25 noy 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Proxazkaning chempionlik kamardan voz kechganiga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Irji Proxazkaning chempionlik unvonidan voz kechish qaroriga izoh berdi.
Proxazkaning 10 dekabr kuni UFC 282 turnirida Glover Teysheraga qarshi revansh jangi elkasidan olgan jarohati tufayli bekor qilindi. Magomed Ankalaev va Yan Blaxovich vakant qolgan kamar uchun kurashadi.
"Kecha biz Irji bilan uchrashdik. U barcha davrlarning eng zo'ri.
Proxazka katta nomga ega jangchi. U bo'lgan ishdan juda xafa edi. Irji uzoq vaqt oktagonga chiqmaydi va qachondir biz undan chempionlik unvonini olib qo'yishimiz kerak edi.
Proxazka kamardan voz kechib, munosib harakat qildi. Bunday harakat hurmatga loyiq", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar