26 mar 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt raqibini tishlab olgan UFC jangchisi haqida nimalar dedi?
24 mart, yakshanba tongida Las-Vegas (AQSH) shahrida UFC Vegas 89 turniri o'tkazilgan edi.
Oqshom doirasida Igor Severino va Andre Lima o'rtasida jang tashkil etilgandi. O'sha jangning ikkinchi raundida Severino raqibining qo'lini tishlab olgan edi. Buning uchun u diskvalifikaciya ham qilindi va raqibiga texnik g'alaba yozildi. .
UFC rahbari Dana Uayt bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Jangni yakunlashning ko'plab yo'llari mavjud. Eng yomon yo'li esa - bu raqibni tishlab olishdir. U hayotidagi eng katta imkoniyatni yo'qotdi. Endi unda Nevada sport komissiyasi bilan bog'liq jiddiy muammolar paydo bo'ladi", dedi Uayt.
Havola :
Manba : МатчБоец
Fikrlar