12 avg 14:51
Yangiliklar
Dana Uayt saralash shousining 10-mavsumi boshlandi: to'rt jangchi UFC`dan shartnoma oldi
Turnir yakunlariga ko'ra, to'rt nafar jangchi dunyoning eng kuchli ligasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi. Amerikalik o'rta vazn vakili Jozef Kropshot oqshomning ilk jangida hakamlarning yakdil qarori bilan vatandoshi Jonatan Kunnemanni mag'lub etib, shartnomaga ega chiqdi.
Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, u Kropshotga shartnoma berish-bermaslik borasida ikkilangan, biroq jangning so'nggi soniyalaridagi "armbar" (qo'l bo'g'ish) usuli va raqibining tirsagi chiqib ketishi unga tashkilot ro'yxatidan joy olishni taminladi.
SHuningdek, muddatidan oldin g'alaba qozongan yana uch nafar amerikalik jangchi – yarim engil vazn vakili Tom Palyarulo, eng engil vazn vakili Bilal Hasan hamda oqshomning markaziy jangida eng tezkor g'alabani qayd etgan og'ir vaznli Entoni Vint ham UFC bilan shartnoma imzoladi.
Dana White's Contender Series turnirining barcha natijalari:
Entoni Vint Mettyu Adamsni texnik nokautga (zarbalar) uchratdi – 1-raund, 0:34
Eyb Alsagir Fabricio Eskarregani hakamlarning ayri qarori evaziga yutdi (27-30, 29-28, 29-28)
Bilal Xasan Mridul Saykiyani texnik nokaut (zarbalar) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 0:45
Tom Palyarulo Ananias Mulumbani texnik nokaut (zarbalar) bilan engdi – 3-raund, 4:24
Jozef Kropshot Jon Kunnemanni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29-28, 30-27, 30-27)

Fikrlar