18 may 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt UFC 291 turniri uchun yana ikki jangni tasdiqladi
Og'ir vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar Derrik Lyuis 29 iyul kungi UFC 291 turnirida ishtirok etadi.
SHu kunim Lyuis braziliyalik Markos Rojerio de Limaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt malum qildi. De Lima so'nggi ikkita jangida g'alaba qozongan. Lyuis esa aksincha, oxirgi uchta jangida mag'lub bo'lgan.
SHuningdek, Dana Uayt Stiven Tompson - Mishel Pereyra jangini ham elon qildi. Aslida ularning jangi Kanadadagi UFC 289 turnirida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo keyinchalik jang iyul oyiga ko'chirildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar