06 okt 12:24
Yangiliklar
Dana Uayt UFC qiymatini 50 mlrd dollarga baholadi
U bu haqda The Diary Of A CEO YouTube-kanaliga bergan intervyusida gapirdi.
"Men bu biznesni boshlaganimda, unga ko'pchilik ishonmagan. SHu sababli UFCni 2 mln dollarga sotib olgandik. Rostini aytaylik — UFC 2 mln dollarga sotib olingan. Agar "Leykers" 12,5 mlrd dollarga sotilgan bo'lsa, unda UFC 50 mlrd dollar turadi", deydi Uayt.
Dana Uayt 2001 yil yanvarida UFC prezidenti bo'lgan. O'sha paytda Frenk va Lorenso Fertitta aka-ukalari hamda Uayt tomonidan tashkil etilgan Zuffa kompaniyasi zarar ko'rayotgan promoushenni Semaphore Entertainment Group'dan sotib olgan.
Dana Uaytning fikricha, 2001 yilda 2 mln dollarga sotib olingan UFC'ning bugungi qiymati taxminan 50 mlrd dollarni tashkil etadi.
Fikrlar