So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

12 jan 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt UFC tarixidagi eng yaxshi ayollar jangini haqida gapirdi

UFC rahbari Dana Uayt shu mazmunda berilgan savolga javob berar ekan, bu jang ikki haftadan so'ng o'tkazilishini aytdi.

Uning aytishicha, engil vaznda amaldagi chempion Kayla Xarrison hamda tashkilotning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Amanda Nunes o'rtasidagi UFC 324 turnirining co-main event jangi aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk ayollar jangi bo'lar ekan. Dana shu kungacha ayollar o'rtasida o'tkazilgan janglarning hech birini hali o'tkazilmagan jangdan ustun qo'ymadi. 

"Dzyudo bo'yicha Olimpiada chempioni Kayla Xarrison barchani lol qoldirdi. U bu UFC’ga kelishidan oldin boshqa tashkilotda bo'lgan va shunga qaramay, qisqa fursatda chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Har qanday yakkakurash bo'yicha barcha davrlarning eng buyuk ayol jangchisi bo'lgan Amanda Nunes shunday dedi: "Agar bu ayol chempion bo'lsa, men u bilan jang qilish uchun ham qaytaman". Amanda o'z so'zida turdi. Ha, yuu buyuk jang. Mening fikrimcha, barcha davrlarning eng buyuk ayollar jangi", - deya Dana Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Crossfire nashri.

Malumot uchun, raqamlangan UFC 324 turniri 25 yanvar, yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahridagi "Ti Mobayl Arena"da o'tkaziladi. Ushbu oqshomning asosiy jangi engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasida kechadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing