So’nggi yangiliklar

18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0

11 sen 09:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt UFC va boksdagi gonorarlarni taqqosladi: "Har kim ekkanini o'radi"

Teglar :  UFCDana Uayt
UFC rahbari Dana Uayt professional boks va UFC`dagi gonorarlarni taqqoslayotganlarning fikriga qo'shilmasligini malum qildi.

Dunyoning eng kuchli Ligasi rahbarining so'zlariga ko'ra, juda kamdan-kam bokschilar katta gonorar oladi. UFC’da esa pul butun roster bo'ylab teng taqsimlanadi. Bundan tashqari, Uayt uning tashkilotida chempion bo'lmagan, ammo katta tajribaga ega jangchilar ko'pincha millionlab pul ishlashini takidladi.

"Bunday pul topadigan bokschilarning juda oz qismi bor. UFC’ga qaraydigan bo'lsak, pullar barcha jangchilar o'rtasida deyarli teng taqsimlanadi. Agar siz Konor Makgregor yoki Ronda Rouzi kabi yulduz bo'lsangiz, bu boshqa masala. Ko'pchilik pullik translyaciyalarni sota olishini allaqachon isbotlagan va tabiiyki, ularning ulushi ko'proq bo'ladi. SHunday ekan, jangchilarga adolatsiz to'lovlar to'g'risidagi barcha gap-so'zlar mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmaydi," - dedi Uayt Vegas PBS telekanaliga bergan intervyusida.

SHuningdek, tashkilot prezidenti uning jangchilariga o'z gonorarlarini omma oldida muhokama qilish va oshkor qilish taqiqlangani haqidagi malumotni rad etdi.

"Ulardan so'rang, bu haqda gapirish mening vazifam emas. Bunga hech qanday taqiq yo'q. Ularning hammasi xotirjamlik bilan qancha maosh olishlari va ularga qancha to'lashgani haqida to'liq intervyu berishlari mumkin. Lekin ularning o'zi qancha maosh olishlarini bilishingizni istashmaydi. Odamlar qancha pul topganingni bilishsa, hayot ancha murakkablashadi. Millionlab pul ishlab topganingni bilgach, sadaqa so'raydigan odamlar paydo bo'ladi. Siz har qanday jangchidan intervyu olishingiz mumkin - ular sizning oldingizda o'zlarining to'lov tizimlarini ochiqlashadi. Ammo g'alati tomoni shundaki, ularning hech biri bunday qilmaydi", - deya tushuntirdi Uayt.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing