22 jan 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Usik va Zuffa Boxing bilan muzokaralar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
UFC rahbari, yangi Zuffa Boxing boks tashkiloti hammuassisi Dana Uayt superog'ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokara haqida gapirdi.
Avvalroq, bu haqda bokschining menejeri Sergey Lapin malum qilgandi.
"Biz dunyodagi eng istedodli deb hisoblagan yoki shunday bo'lish salohiyatiga ega bo'lgan har bir kishi bilan muzokaralar olib boramiz", - dedi Uayt matbuot anjumanida.
UFC rahbari, shuningdek, eng shov-shuvli janglarni tashkil etish uchun UFC’ning muvaffaqiyatli biznes modelini boksga ko'chirishni rejalashtirayotganini tushuntirdi. Uning takidlashicha, agar boks boshidanoq NFL yoki UFC kabi aniq biznes sifatida qurilgan bo'lsa, bugungi kunda u butunlay boshqacha darajada bo'lardi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar