23 fev 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Xabib-Konor jangi yakunidan so'ng bo'lgan janjalni esladi
UFC bosh direktori Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi jangdan so'ng sodir bo'lgan janjalni esladi.
“Biz bunday voqeani oldini olish uchun tayyorlanayotgan edik, lekin bari bir shunday bo'ldi. Albatta, vaziyat bizni qattiq ranjitdi. Ko'pchilik bizni bu voqeadan xursand deb o'ylaydi, ammo bu bizga hech qanday foyda keltirmadi”, — dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor o'rtasidagi jang 2018 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda Xabib raqibini to'rtinchi raundda nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar