15 fev 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Xamzatning sog'lig'i haqida fikr bildirdi
UFS rahbari Dana Uayt tashkilot jangchisi Xamzat CHimaevga shaxsan o'zi etibor qaratishini, kasallikdan forig' bo'lishda yordam berishini malum qildi.
"Menimcha, Xamzat extiyot choralarini etiborsiz qoldirgan. Agar siz bu yigitning psixologiyasini tushunsangiz, demak u hech kimning aytganini qilmasligini tushunasiz. U qilinishi kerak bo'lgan narsani qilmagan bo'lsa kerak. Albatta, sog'lig'iga etibor bermagan.
SHu sababli ham men uni oldimga olib kelaman va haqiqiy shifokorlarga ko'rsataman. Ular unga g'amxo'rlik qilishsin, keyin biz u uchun jang tashkil qilamiz", - dedi Dana.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar