01 fev 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt yangi GFL promousheni haqida: "Ular mening raqobatchilarim emas, ammo..."
Dana Uayt AQSHda yangi tuzilgan Global Fight League (GFL) haqida o'z fikrini bildirdi.
"Men ularni "shishirilgan pufak" deb hisoblamayman. Ular yaxshigina pul sarflashyapti. Bu yigitlar pulni tarqatib tashlashmoqda va bunday ishlar menga yoqadi.
Bu ham jangchilar, ham liga uchun yaxshi. Men ular va ularning biznes rejasi haqida hech narsa bilmayman, lekin ular menga raqobatchidek ko'rinmaydi.
Men NFL, talabalar amerika futboli, Evropa futboli, hamda shanba kunlari namoyishga chiqadigan katta filmlar bilan raqobat qilaman.
Men boshqa jang sanatlari bilan raqobat qilmayman va ularni raqib deb hisoblamayman", — dedi UFC prezidenti Dana Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar