07 may 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Dyubua: "Usik mening zarbam kuchini hali to'liq his qilgani yo'q"
IBF yo'nalishida jahon chempioni Daniel Dyubua Aleksandr Usik uning haqiqiy kuchini hali bilmasligini aytdi.
"Men Usikka hali o'zimning to'liq kuchim va zarbalarimni ko'rsatmadim. U mening zarbamni to'liq his qilgani yo'q. O'tgan safar u qochib qolishga ulgurgandi", - dedi Dyubua.
Ular o'rtasidagi ilk jang 2023 yil avgust oyida bo'lib o'tgan va Usikning 9-raunddagi texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangan. Revansh jangi 2025 yil 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar