04 jan 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme: Islam Maxachev bo'lajak UFC chempioni
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme Islam Maxachevni engil vaznning bo'lajak chempioni deb atadi.
"Ishonchim komil, Islam Maxachevni yorqin kelajak kutmoqda. Men bu so'zlarni u jamoadoshim bo'lgani uchun aytmayapman. Haqiqatan ham Islam dunyoning eng istedodli engil vazn jangchisi. Uning jang olib borish uslubi boshqalarnikidan keskin farq qiladi va tabiiyki, raqiblariga muammo keltiradi.
Islam ham Xabib singari istedodli jangchi. Tik turgan holatda ham yaxshi jang o'tkaza oladi. Hatto Xabibdan ustun jihati ham bor. Xabib ligada jang qilishni boshlaganida Islam kabi o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori emasdi. Vaqt o'tishi bilan bu xislati shakllandi. Islam esa hozirning o'zida bu narsaga ega. U vaznning TOP jangchilariga qarshi oktagonga chiqishga tayyor", - dedi Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar