24 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Korme: "Jang bo'lishi uchun qo'lingdan kelganini qil!"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme irlandiyalik Konor Makregorga qarshi jang oldidan hamyurti Maykl CHandlerga maslahat berdi.
Avvalroq, Konor USADA tomonidan belgilangan doping-test muddatiga amal qilmagandi. Buning natijasida uning 2023 yilda oktagonga chiqishi barbod bo'lgandi.
"Bilmadim, CHendler Makgregorni doping-testdan tezroq o'tishi va jangni tezlashtirishi uchun nima qilishi mumkin. Ehtimol, har xil bemani gaplarni aytishi kerakdir, balki bu yordam berar. Mayk hozir tushunarsiz holatda. Bugun men u bilan biroz gaplashdim. Unga yagona maslahatim — jang bo'lishi uchun qo'lingdan kelganini qil", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Makgregor va CHendler hozirda The Ultimate Fighter realiti-shousida ishtirok etishyapti va mavsum oxirida o'zaro jang o'tkazishlari kerak.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar