16 may 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Roman bugun g'alaba qozondi va Ahmadalievga yana "vyzov" tashladi
Ikkinchi o'rta engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi, amerikalik Daniel Roman bugun Kaliforniyada navbatdagi jangini o'tkazdi.
10 raundga mo'ljallangan jangda Romanga meksikalik Rikardo Espinoza Franko raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Roman 98-92, 98-92, 97-93 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ushbu jangdan so'ng u yana hamyurtimizga qarshi jang qilish istagida ekanligini aytib o'tdi:
"Men haliyam revansh jangini istayman. Murodjon Ahmadaliev bilan tugallanmagan ishimiz bor. U nimani rejalashtirayotganini bilmayman, ammo men ushbu jangda qatnashmoqchiman", - dedi Roman.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar