25 jan 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Roman: "Murodjon Ahmadaliev kuchli, ammo kamchiliklari ham bor"
Xabaringiz bor, 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yarimengil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Daniel Romanga qarshi jang qiladi.
29 yoshli amerikalik chempion mazkur jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Murodjon Ahmadaliev jamoadoshim Ayzek Zarateni mag'lub etgan, shu sababli uni yaxshi bilaman. Bilaman, u kuchli yigit, agressiov jangchi, yuqoriga intilmoqda va o'ziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalangan holda meni mag'lub etmoqchi.
Unda kamchiliklar ham bor, u qo'lini tushirib olib jang qilishni yaxshi ko'radi. Balki bu uning uslubidir, ammo shunga o'xshash kamchiliklarni unda ko'ryapman. Balki unda professional boksdagi tajriba kamdir, ammo u Olimpiadada qatnashib, bronza medalini qo'lga kiritgan. Bunday darajada oson janglar bo'lmaydi. Bizning uslublarimiz ajoyib jangni kafolatlaydi", - dedi Roman.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar