09 iyu 19:07
Yangiliklar
Dariush: "Men bor-yo'g'i 34 yoshdaman, lekin 50 yoshdek ko'rinaman"
"Nima uchun menga qarshi jang oldidan Gamrot favorit hisoblanganligini bilaman. Ko'pchilik Arman Carukyanni bo'lajak chempion deb hisoblaydi, Gamrot esa uni mag'lub etgan. SHundan so'ng u huddi chempiondek bo'lib qolgandi.
Endi esa menga qarang, 34 yoshman, lekin 50 yoshdek ko'rinaman. Ammo odamlar men haqimda nima deb o'ylashlariga tupurdim. Yaratgan tomonidan istedod berilgan, uni rivojlantirishga asosiy etiborni qaratganman.
Oliveyrada meni qiynab qo'yishi mumkin bo'lgan nimadir ko'rmayapman. Biz oktagonga kirganimizdan so'ng, barcha oramizdagi farqni tushunadi.
Menda qo'rquv yo'q, men ishonch bilan chiqaman va uni mag'lub eta olaman.
Agar imkon bo'lsa Islamni ham ortda qoldira olaman. Bunga qattiq ishonaman", - dedi Dariush.
Fikrlar