23 mar 11:55
Yangiliklar
Darya Jeleznyakova: "Ertaga eng katta gonorarimni olamanu qarzimga to'layman"
UFC on ESPN 54 turniri doirasida rossiyalik maftunkor aralash yakkakurash ustasi Darya Jeleznyakova ham oktagonga ko'tariladi. Montserrat Rendonga qarshi bahs Dasha uchun UFC promoushenidagi ilk jang bo'ladi.
"Bu erda hammasi ajoyib. Menga to'liq ekipirovkalar to'plamini taqdim etishdi. Eb-ichish ham alo darajada. Dieta masalasida tajribali mutaxassislardan maslahat oldim. Zo'r sharoitlarda mashg'ulot o'tkazdim. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, Amerikada aralash yakkakurash umuman boshqa darajada. Moliyaviy tomoniga kelsak, bu men uchun faoliyatimdagi eng katta gonorar bo'ladi. Ammo mening moliyaviy holatim yaxshi emas. Uzoq muddatdan keyin oktagonga qaytyapman. SHu boisdan ham gonorarim to'liq qarzlarni yopish uchun sarflanadi. Bu hamma sportchilarning klassik tarixi", — dedi Jeleznyakova.
Fikrlar