25 sen 17:41
Yangiliklar
Boshqalar
Darya Latisheva Osiyo chempionatida 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi
Makaoda ushu bo'yicha kattalar o'rtasidagi X Osiyo chempionati o'tkazildi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi, tajribali Darya Latisheva ikkita medalga ega chiqdi.
24 yoshli Jahon chempionati sovrindori dastlab, nangun yo'nalishida bronza medaliga ega chiqdi. So'ngra Darya nandao bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Bu uning Osiyo chempionatlari doirasidagi ilk medallariga aylandi.
SHuningdek, musobaqa doirasida sanda yo'nalishida ishtirok etgan Saydullo Abdurashidov (56 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar