04 okt 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore barcha davrlarning eng zo'r to'rt jangchisi kimlar ekanligini aytdi
Engil vazn toifasida UFC kamariga rasmiy davogar Dastin Pore barcha davrlarning eng zo'r to'rt jangchisi kimlar ekanligini aytdi.
"Birinchi o'rinda - Jorj Sent-Per. Jorj juda ham universal jangchi edi, bu istalgan vaznda jang qilish qobiliyatiga ega. Butun faoliyati davomida hech qanday muammolarga ham uchramagan. SHuningdek bu ro'yxatga Xabib Nurmagomedov, Fedor Emelyanenko, Jon Jonslarni qo'shamiz. Ularsiz bu ro'yxatni tuzib bo'lmaydi",-dedi Dastin.
Eslatib o'tamiz, Dastin navbatdagi jangini 11 dekabr kuni UFC 269 kechasida CHarliz Oliveyraga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar