23 jan 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore Getjiga revansh berishga rozi bo'ldi
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore Jastin Getjiga yana bir bor imkon bermoqchi.
Amerikalik sportchi Jastindagi ijobiy o'zgarishlarni yuqori baholagan va shu sababdan ham Getjining revansh jangi haqidagi taklifiga rozilik bergan.
"Ha, bu jangni o'tkazishdan mano bor. Avvalgi jangimizdan so'ng u ikki yoki uch marotaba oktagonga chiqdi va barchasini nokaut bilan yakunladi. Unga qarshi jang men uchun ham qiziq. Lekin Getjining taktikasi deyarli o'zgarmagan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkinchi jangimiz natijasi ham hozirdanoq aniq", - dedi Dastin.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore o'zining so'nggi jangida Xabib Nurmagomedovga yutqazgan edi.
Havola :
Fikrlar