So’nggi yangiliklar

16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0 14:01"Мени яхши кўрасизми ёки йўқ - барибир UFC чемпиони бўламан!" - Евлоев 0 13:40"У АПЛдаги энг яхши ҳимоячилардан бирига айланмоқда": Британия нашри Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолади 0 13:19Али Абдел-Азиз: "UFC'да биринчи марта Мовсарни мақташди" 0 12:58"Ёмон жанг". Дана Уайт ғалабали жангни танқид қилди 0 12:37"Ҳеч ким ҳатто яқин ҳам кела олмайди". Бенавидес замонавий бокснинг энг яхши жангчисини айтди 0 12:16Винисиус "Реал"да қоладими? 0 11:55Тажудинов Снайдерга, Царукян Пулласга қарши 2. RAF 7 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0

31 iyu 15:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Dastin Pore kechagi nokautli mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi

Kecha tongda AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida o'tkazilgan UFC 291 turnirining markaziy jangida mag'lubiyatga uchragan Dastin Pore matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik davogarlar jangida hamyurti Jastin Getjiga nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'zaro janglarda muvozanatni tiklay olgan Jastin vakant bo'lib turgan BMF kamarini ham qo'lga kiritdi. Aynan u Islam Maxachevning chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. 

"Men bu holatdan o'tib bo'lganman. Erkak kishi sifatida mag'lubiyatni ham tan ola bilish kerak. Biz janoza marosimiga yig'ilmadik. Men allaqachon g'alaba qozonib bo'lganman. Men bu hayotda zafar quchganman. Endi bevosita jangning o'ziga kelsak, men birinchi raunddan keyin g'alaba qozonib bo'ldim deb o'ylay boshladim. Lekin oldinda yana to'rtta raund bor edi. Birinchi raundda qilgan ishimni qolgan besh daqiqaliklarda ham amalga oshirishimga ishonardim. Balki, xatoga yo'l qo'ygandirman", - dedi Pore.

SHuningdek, "Brilliant" Getji bilan trilogiyani yakunlab qo'yishi haqida berilgan savolga ham javob berdi.  

"Ko'ramiz. Hozir o'zaro jangimizda hisob 1-1. Biz bir marotabadan bir-birimizni nokautga uchratdik. Jarayonni kuzatib boramiz". 

Matbuot anjumanidan keyin Dastin Pore ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Jastin Getjiga murojaat qildi.

"Aqlbovar qilmas daraja, Jastin! Ajoyib ijro!", - deya xabar qoldirgan Pore.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing