03 may 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore kimga qarshi jang qilmoqchi ekanini aytdi
Engil vaznda chempionlik uchun sobiq davogar Dastin Pore oktagonda kim bilan to'qnash kelish istagida ekanini malum qildi.
Dastin shu yakshanba tongida o'tkaziladigan Maykl CHendler - Toni Fergyuson jangi g'olibini o'ziga raqib sifatida ko'rmoqda. Bu haqda amerikalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"Katta ehtimol bilan shunday bo'ladi", - dedi "Brilliant".
Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler - Toni Fergyuson jangi bizning vaqt bilan 8 may tongida AQSHning Arizona shtati Finiks shahrida o'tkaziladigan UFC 274 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan uchinchi jang hisoblanadi.
Dastin Pore so'nggi bor o'tgan yilning dekabr oyida oktagonda ko'rinish bergan va o'shanda chempion CHarlz Oliveyraga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar