04 okt 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore Oliveyra bilan jangga imzo chekdi
UFCning engil vazn toifasidagi birinchi raqamli jangchisi Dastin Pore 11 dekabr kuni Las-Vegasda CHarlz Oliveyraga qarshi jang qilishini tasdiqladi.
"Qo'l qo'yildi, muhrlandi va jo'natib yuborildi", - deb yozdi amerikalik sportchi Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore va UFC chempioni CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang 11 dekabr kuni UFC 269 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar