25 fev 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore qachon so'nggi jangini o'tkazishini aytdi
UFC jangchisi Dastin Pore MMAdagi so'nggi jangi qachon o'tkazilishini aytdi.
"Biz Nyu-Orleandagi turnir ustida ishlayapmiz. Katta ehtimol bilan iyul yoki avgustda bo'ladi. Barchasi boshlangan joyda - Luizianada nafaqaga etish, men uchun aqlbovar qilmas ish bo'lardi", - dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, Pore so'nggi jangini 2024 yilning 2 iyunida Islam Maxachevga qarshi o'tkazib, beshinchi raundda mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar