06 fev 17:29
Yangiliklar
Dzyudo
![](/upload/storage/203335_220.jpg)
Davlat Bobonov bronza medali uchun kurashadi
Parij tatamilarida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Biroz avval -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Davlat Bobonov musobaqadagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi. Tokio Olimpiadasi sovrindori chorak final bahsida yaponiyalik Sanshiro Muraoga qo'shimcha daqiqalarda vazari bahosi bilan yutqazib qo'ydi.
SHunday bo'lsa-da, Bobonovda Parij "Katta Dubulg'a" turnirining bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qoldi. Buning uchun u avvaliga o'tish bellashuvida italiyalik Kristian Parlatini mag'lub etishi shart.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:27
Bakurianidagi o'quv-mashg'ulot yig'inining navbatdagi kuni kross bilan boshlandi FOTOREPORTAJ 0
Fikrlar